AsosiyJamiyat

Toshkentda 4,2 milliard so`mlik yirik miqdordagi pirotexnika vositalari yo`q qilindi

'Toshkentda 4,2 milliard so`mlik yirik miqdordagi pirotexnika vositalari yo`q qilindi'ning rasmi

Davlat bojxona qo`mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzulishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent viloyati Zangiota tumanida o`tkazilgan tezkor tadbirda, A.A. ismli shaxs xech qanday hujjatlari bo`lmagan xorijda ishlab chiqarilgan 67290 dona pirotexnika vositalarini noqonuniy sotayotgan vaqtda qo`lga olindi.

Mazkur xolat yuzasidan Davlat bojxona qo`mitasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov organiga yuborildi.

Shuningdek,  Davlat bojxona qo`mitasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi  buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari Buxoro viloyatida ro`yxatdan o`tgan mas`uliyati cheklangan jamiyat nomiga olib kelingan yog`och mahsulotlari orasiga yirik miqdordagi pirotexnika vositalari va biofaol qo`shimchalar yashirilganligini aniqlab, mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan edi.

Jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent shahar Olmazor tuman sudi hukmiga muvofiq umumiy qiymati 4 milliard 200 million so`mdan ortiqni tashkil etuvchi 102 118 dona pirotexnika vositalari hamda 5 613 dona sifati kafolatlanmagan biofaol qo`shimchalar Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari hamda tegishli idoralar vakillari bilan hamkorlikda belgilangan tartibda yo`q qilindi.

    Boshqa yangiliklar