AsosiyJamiyat

“O`zbekiston temir yo`llari” Qo`shrabot tumanidagi ko`mirning narxi masalasiga oydinlik kiritdi

'“O`zbekiston temir yo`llari” Qo`shrabot tumanidagi ko`mirning narxi masalasiga oydinlik kiritdi'ning rasmi

«Qo`shrabot tumanida nega ko`mirning narxi qimmat» rukni ostida e`lon qilingan maqola yuzasidan «O`zbekiston temir yo`llari» AJning «Temiryo`lyonilg`ita`min» boshqarmasi Samarqand birlashgan yong`in ombori xo`jaligiga qarashli «Qo`rolos» ko`mir ombori bo`yicha o`rganish olib bordi.

Samarqand birlashgan yong`in ombori xo`jaligi boshlig`i F.Husainovning ma`lum qilishicha, Qo`shrabot tumanidagi «Qo`rolos» ko`mir ombori xodimlari o`z ish vazifalari nimalardan iborat ekanligini bilmagan holda yolg`on axborot berganligi aniqlangan.

– Shuni ta`kidlash joizki fuqarolarga sotiladigan ko`mir narxlari omborning tashqi va ichki qismida ko`rgazmada belgilab, ko`rsatib qo`yilgan, – deydi Samarqand birlashgan yong`in ombori xo`jaligi boshlig`i F.Husainov. – Bu kabi kamchiliklar kelgusida sodir etilmasligi uchun ombor xodimlari bilan yig`ilish o`tkazilib, ularga tushunchalar berib o`tildi.  

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan Qo`shrabot tumani «Qo`rolos» ko`mir ombori taroziboni vazifasida ishlab kelayotgan A.Yalg`oshev hamda ombor mudiri bo`lib ishlab kelayotgan G`.Mirakovlarga nisbatan tegishli choralar qo`llanildi, deya xabar beradi «O`zbekiston temir yo`llari» AJ Axborot-tahliliy media markazi.

Ma`lumot uchun: Bugungi kunda import ko`mir narxi (Qozog`iston) – 1 tonna uchun 635.000 so`m, ko`mir briketi narxi (Angren) – 1 tonna uchun 412.500 so`m va ko`mir narxi (Angren) – 1 tonna uchun 300.300 so`m etib belgilangan.

    Boshqa yangiliklar