O`zbekiston Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi "Tadbirkorlik ekotizimini rivojlantirishga katta hissa qo`shgan eng ilg`or davlat organi" nominasiyasida g`olib bo`ldi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.
Vazirlik Global tadbirkorlik haftaligi ishtirokchilari o`rtasida o`tkazilgan so`rov natijalariga ko`ra g`olib deb topilgan.
Tashabbus startap, ta`lim, moliya, ayollar tadbirkorligi, biznesni masshtablash va biznesni o`stirish, turizm, marketing, axborot va kommunikasiya texnologiyalari va boshqa ko`plab sohalarni qamrab olgan.
So`rov 4 nominasiya bo`yicha o`tkazilgan: 1) Tadbirkorlik ekotizimini rivojlantirishga katta hissa qo`shgan eng ilg`or davlat organi; 2) Tadbirkorlar uchun eng qulay moliyaviy echim; 3) Tadbirkorlik ekotizimini rivojlantirishga yordam ko`rsatgan eng faol platforma; 4) Tadbirkorlarni tayyorlash bo`yicha eng etakchi ta`lim muassasasi; 5) Eng yorqin va istiqbolli startap.
Global tadbirkorlik haftaligi 12 yildan beri jahonning 160 mamlakatida har yili o`tkazib kelinadi. Uning vazifasi tadbirkorlik ekotizimini yaratish va qo`llab-quvvatlashdan iboratdir.






