Ma`lumki, hafta oxiriga kelib O`zbekistonda havo harorati tushib ketdi va kutilayotgan haftada harorat yana pasayishi kutilmoqda. Sovuq kunlarda esa avtomobilda harakatlanishda xavf ortadi.
O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi haydovchilarga murojaat bilan chiqdi. Unda shunday deyiladi:
Respublikamiz hududida ob-havo sharoitining keskin o`zgarishi, qor yog`ishi va avtomobil yo`llarida muzlamalar hosil bo`lishi yo`l harakati qatnashchilari uchun bir qator noqulayliklar keltirib chiqarishi, yo`l-transport hodisalari sodir etilishiga sabab bo`lishi mumkinligini inobatga olgan holda O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi haydovchilardan transport vositasini boshqarish paytida murakkab ob-havo sharoitini hisobga olishlarini, zarurat bo`lmaganda tunggi vaqtlarda harakatlanmaslikni, piyodalardan yo`lni kesib o`tishda o`ta hushyor bo`lishlarini, kattalardan yo`llarda bolalarning harakatini nazoratga olishlarini so`raydi".






