AsosiyJamiyat

Germaniya Qoraqalpog`istonda turizmni rivojlantirishga 477 ming evro ajratadi

'Germaniya Qoraqalpog`istonda turizmni rivojlantirishga 477 ming evro ajratadi'ning rasmi

Loyihaning asosiy maqsadi - O`zbekiston, jumladan, Qoraqalpog`istonga sayyohlar oqimini ko`paytirish, turizm sohasidagi xizmatlar, mahsulotlar eksportini oshirish hamda mahalliy aholi daromadini oshirishdan iborat.

 Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) Qoraqalpog`iston turizmini rivojlantirishga 477 ming evro miqdorida mablag` ajratadi.  

Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasidagi GIZ vakillari va Germaniyaning “Mas contour” tashkiloti ekspertlari bilan uchrashuv vaqtida ma`lum qilindi.

Ta`kidlanishicha, uchrashuvda Qoraqalpog`iston turizm imkoniyatlaridan kelib chiqib, hududda turizm sohasida 2019-2020 yillarda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilab olingan.

“Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida GIZ Qoraqalpog`iston turizmini rivojlantirishga 477 ming evro miqdorida mablag` ajratdi”, - deyiladi qo`mita xabarida.

Ushbu loyiha doirasida mahalliy hunarmandchilik mahsulotlarini diversifikasiya qilish, ularni eksportbop mahsulotga aytantirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi turizm marshrutlarini ochish, xizmatlar sifatini oshirish va Qoraqalpog`istonning turizm salohiyatini xorijiy turizm bozorlarida targ`ib qilish ishlari amalga oshiriladi.  

Boshqa yangiliklar