Ayni paytda mamlakatimizda dekabr oyida bo`lib o`tadigan saylovlar oldidan tashviqot ishlari olib borilmoqda. Siyosiy partiyalar ishtirokida telekanallar orqali namoyish etilayotgan keskin debatlar, o`zaro tanqidiy-tahliliy fikrlar ko`pchilikda qiziqish uyg`otmoqda.
O`zlarining jamiyatdagi muammolarga echim topishdagi takliflarini ilgari surayotgan partiyalar saylovchilar e`tiboriga havola etilgan saylovoldi dasturlari bo`yicha savollarga javob berishmoqda.
Navbatdagi debat “Sevimli” va “Mening yurtim” kanallari orqali namoyish etildi. Unda O`zLiDeP vakili Milliy tiklanish partiyasi vakillariga quyidagicha savol berdi:
“Milliy tiklanish partiyasi 2014 yilgi saylovoldi dasturida o`rta maktablar uchun milliy qadriyatlar bo`yicha kitoblarni ijtimoiy asosda chop etib, tarqatilishi haqidagi taklifni ilgari surgan edi. Ammo o`tgan vaqt mobaynida hech bir nashriyotda ijtimoiy kitoblar chop etilmadi. Partiyada bu va`dasini nega bajarmadi?”
Milliy tiklanish partiyasi vakilining bergan javobi savol egasini qoniqtirmadi. Albatta, ushbu masalada hali o`z echimini kutayotgan ishlar juda ko`p.






