AsosiyJamiyat

“Zarkent” post qayta tiklanmaydi

'“Zarkent” post qayta tiklanmaydi'ning rasmi

Internet tarmog`ida Namangan viloyati Yangiqo`rg`on tumani “Zarkent” va “Qizilyozi” qishloqlari o`rtasida yangi “Post” tashkil etilgani xaqida video tarqaldi. Aslida bu videoda takidlanganidek oldinroq “Zarkent” qishlog`i xududida joylashgan postning qayta tiklangan shakli emas. Bu shu xududdagi fuqarolar xavfsizligini ta`minlash maqsadida tashkil etilgan nazorat maskani. Mazkur nazorat maskanida Ichki ishlar organlari xodimlari faoliyati yo`lga qo`yiladi. Bu erda xizmat olib boruvchi xodimlar faqatgina shubxali transport vositalarini nazorat qilish, xuquqbuzarliklar hamda jinoyatchilikni oldini olish borasida profilaktik tadbirlarni olib boradilar. Tashkil etilgan nazorat maskanidan aholi vakillari odatiy tarzda o`tishlari va xech qanday to`sqinliklarsiz harakatlanishlari mumkin. Nazorat maskanida o`tib qaytish vaqtida fuqarolardan shaxsni tasdiqlovchi xujjatlar talab etilmaydi. Osoyishtalikni ta`minlash, chegara xududlarida yashovchi aholining tinch-totuv va qo`shni mamlakatlar bilan o`zaro xamjixat xayot kechirishlari uchun xizmat qiluvchi mazkur nazorat maskani faqatgina xaql manfaatlarini ximoya qilishni ta`minlaydi.

    Boshqa yangiliklar