“O`zbekiston havo yo`llari“ milliy aviakompaniyasi ma`lumotlariga ko`ra, kompaniya Mumbaydagi tariflarni pasaytirdi.
Joriy yilning 26 noyabridan boshlab “O`zbekiston havo yo`llari“ milliy aviakompaniyasi Toshkent – Mumbay – Toshkent yo`nalishi bo`yicha tejamkor narxlarni taklif etmoqda.
Arzonlashtirilgan tariflar 2020 yilning 31 martiga qadar amal qiladi.
“O`zbekiston havo yo`llari“ Mumbayga haftasiga uch marta seshanba, chorshanba va juma kunlari muntazam reyslarni amalga oshiradi.






