AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Italiya delegasiyasini qabul qildi

'Shavkat Mirziyoev Italiya delegasiyasini qabul qildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 22 noyabr kuni mamlakatimizda tashrif bilan bo`lib turgan Italiyaning Lombardiya viloyati gubernatori Attilio Fontana boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.

Uchrashuvda O`zbekiston va Italiya o`rtasidagi ko`p qirrali munosabatlarni kengaytirish, jumladan, Italiya va Evropa Ittifoqining etakchi industrial, intellektual va madaniy markazlaridan biri bo`lmish Lombardiya bilan amaliy hamkorlikni rivojlantirishning istiqbollari ko`rib chiqildi.

Faol ishbilarmonlik aloqalari va o`zaro almashinuvlarni yo`lga qo`yish, Italiyaning kompaniya va tashkilotlari bilan savdo, investisiyalar, sanoat texnologiyalari, qishloq xo`jaligi, sog`liqni saqlash va turizm sohalarida qo`shma dastur va loyihalarni amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

Lombardiyaning taniqli universitetlari bilan yuqori malakali, avvalo, muhandislik ixtisosliklari bo`yicha mutaxassislar tayyorlash borasidagi hamkorlikka alohida e`tibor qaratildi.

Oliy darajadagi ikki tomonlama tadbirlarga tayyorgarlik ko`rish doirasida mamlakatimiz va Italiyaning ushbu hududi o`rtasida o`zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirish bo`yicha "yo`l xaritasi"ni qabul qilishga kelishib olindi.

 

    Boshqa yangiliklar