Toshkent mezbonlik qilayotgan MMA bo`yicha GFC 20 musobaqasi 90 kilogrammgacha bo`lgan vazn toifasidagi O`zbekiston vakili Nursulton Ro`ziboev ukrainalik Artyom Shokaloga qarshi oktagonga ko`tarildi.
Ikki raundda Ro`ziboev ustunlikka ega bo`ldi. Uchinchi raund avvalida ukrainalik yakkakurashchining murabbiylari jangni to`xtatishni so`radi. Natijada Nursulton texnik nokaut bilan g`alabaga erishdi, deb yozadi Daryo.
Avvalroq o`tgan bellashuvlarda Ahliddin Mirzadavlatov va Jahongir Jumaev muddatidan avval raqiblarini taslim etgan, shuningdek, Avliyoxon Hamidov braziliyalik jangchini ochkolar hisobida enggandi. Jamshid Rahmonaliev esa surinamlik sportchiga imkoniyatni boy berdi.






