Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 24 noyabr kuni mamlakat bo`ylab kuzatiladigan ob-havo haqida ma`lumot berdi.
Toshkent shahrida havo harorati kechasi -2...0 daraja, kunduzi 0...+2 daraja bo`ladi. Shamol tezligi 7-12 m/sga etib, vaqti-vaqti bilan qor yog`ishi kutiladi.
Farg`ona vodiysida havo harorati kechasi -3...+2 daraja, kunduzi 0...+5 daraja bo`lishi kutilmoqda. Qor yog`ib, 5-10 m/s tezlikda shamol esadi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo harorati kechasi -5...0 daraja, kunduzi -2...+3 daraja bo`ladi. 5-10 m/s tezlikda shamol esib, qor yog`ishi mumkin.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo harorati kechasi -8...-3 daraja, kunduzi -2...+3 daraja bo`lib, yog`ingarchilik kutilmaydi. 5-10 m/s tezlikda shamol esib, tuman tushadi.
Surxondaryo va Qashqardaryo viloyatlarida havo harorati kechasi -5...0 daraja, kunduzi 0...+5 daraja bo`ladi. Shamol tezligi 5-10 m/sni tashkil etadi. Mamlakatning janubiy viloyatlarida qor va yomg`ir yog`ishi kutilyapti.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo harorati kechasi -15...-10 daraja, kunduzi -7...-2 daraja bo`ladi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esib, tuman tushadi.
Respublikaning tog`li rayonlarida qor yog`ishi kutiladi. Chimyonda havo harorati kechasi va kunduzi -7...-2 darajani tashkil qiladi. Qamchiqda esa kechasi -8...-3 daraja, kunduzi -7...-2 daraja bo`ladi. Shamol tezligi 5-10 m/sga etadi.






