AsosiyJamiyat

"Yilning eng yaxshi tuman prokurori" sovg`asini imkoniyati cheklangan ayolga berdi

'"Yilning eng yaxshi tuman prokurori" sovg`asini imkoniyati cheklangan ayolga berdi'ning rasmi

«Nasafnews» axborot portalining telegram kanalida 2019 yilning eng yaxshi tuman prokurorlarini aniqlash maqsadida ijtimoiy so`rovnoma tashkil qilingan edi.
So`rovnoma natijasiga ko`ra, eng ko`p ovoz to`plagan Dehqonobod tumani prokurori Laziz Hamraev g`olib deb topildi.
«Nasafnews» va Qashqadaryo viloyat prokuraturasi tomonidan g`olibga qimmatbaho sovg`a va tashakkurnoma topshirish rejalashtirilgan edi.
Eng qizig`i prokuror Laziz Hamraev sovg`ani qabul qilib, imkoniyati cheklangan fuqaroga ilindi.
G`olibga deb olingan televizor tumanda istiqomat qiluvchi birinchi guruh nogironi Ro`yobza Alievaga topshirildi.

Shu kuni «Nasafnews» ijodiy jamoasi Tuman prokuraturasini tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi va yilning eng yaxshi tuman prokurori deb e`tirof etilgan Laziz Hamraevni tashakkurnoma bilan taqdirladi.
 

 

    Boshqa yangiliklar