AsosiyJamiyat

Neksiyadagi sifati kafolatlanmagan dori vositalari manziliga etib bormadi

'Neksiyadagi sifati kafolatlanmagan dori vositalari manziliga etib bormadi'ning rasmi

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari Davlat xavsizligi xizmati vakillari bilan hamkorlikda yirik miqdordagi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo`yishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Tadbir davomida, kuzatuvga olingan fuqaro M.O`. boshqaruvidagi Neksiya belgilangan tartibda to`xtatilib, xolislar ishtirokida nazoratdan o`tkazildi.

Natijada, avtomashina yukxonasida  bojxona rasmiylashtiruvidan o`tkazilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlari bo`lmagan, 30 xil turdagi umumiy qiymati 82,1 million so`mlik dori vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar