Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berishicha,Toshkent city'ning bir qator yangi ko`chalariga nom berildi.

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 2019 yil 14 noyabrdagi “Toshkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazi hududidagi yangi ko`chalarga nom berish to`g`risida”gi qaroriga asosan yangi nom berilgan ko`chalar ro`yxati tasdiqlandi:
- Yangi Toshkent ko`chasi
- Yangi Toshkent tor ko`chasi
- O`qchi ko`chasi;
- Zargar ko`chasi;
- Xadra ko`chasi;
- Xadra tor ko`chasi.






