Ijtimoiy tarmoqlarda 1954 yilda qurilgan hamda kapital ta`mirlanmagan, uzluksiz elektr energiya bilan ta`minlanmagan tug`ruqxona borligini bilasizmi?-sarlavhali tanqidiy xabar e`lon qilingan edi.
Ushbu holat “Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” AJ o`rganildi.
Ma`lum bo`lishicha, poytaxtning “Kislorod” fideriga ulangan 797 transformator orqali elektr toki bilan ta`minlangan binoda elektr energiyasida uzilishlar hech qachon kuzatilmagan. Masala yuzasidan tug`ruqxonadagi shifokor va tegishli bo`lim xodimlari ham buni tasdiqlashgan. Suhbat chog`ida haqiqatdan ham tug`ruqxona binosi elektr energiyasi bilan to`la ta`minlangan va tug`ruq kompleksi shifokorlarining ta`minot bo`yicha shikoyati yo`qligi ma`lum bo`ldi.
Xabar tasdiqlanmagan ma`lumotlarga asosan e`lon qilingan uchun “Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” AJ rahbariyati mazkur holat yuzasidan sayt tahririyatidan izoh kutayotganligini aytmoqda.






