Olib qo`yilishi rejalashtirilayotgan er uchastkasidagi ko`chmas mulklar baholovchi tashkilot tomonidan baholanadi.Hokimlik yoki investor va mulkdorlar o`rtasida kompensasiya turi, miqdori va berish muddati kelishiladi va ushbu kelishuv notarial tartibda tasdiqlanadi. Kelishilgan kompensasiya berilmaguncha ko`chmas mulklar buzib tashlanishiga yo`l qo`yilmaydi.
Bu haqda Adliya vaziriligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 16 noyabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning mulk huquqlari kafolatlarini ta`minlash hamda er uchastkalarini olib qo`yish va kompensasiya berish tartibini takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi 911-son qarori bo`yicha o`tkazilgan matbuot anjumanida ta`kidlandi.
Olib qo`yilishi rejalashtirilayotgan er uchastkasidagi ko`chmas mulklar baholovchi tashkilot tomonidan baholanadi.
Hokimlik yoki investor va mulkdorlar o`rtasida kompensasiya turi, miqdori va berish muddati kelishiladi va ushbu kelishuv notarial tartibda tasdiqlanadi.
Kelishilgan kompensasiya berilmaguncha ko`chmas mulklar buzib tashlanishiga yo`l qo`yilmaydi.
Mulkdorlarga kelishilgan kompensasiya berilganidan so`ng:
👉 mulkdor tomonidan ko`chmas mulk bo`shatib beriladi.
👉 hokimliklar tomonidan ko`chmas mulkni buzib tashlash to`g`risidagi qaror loyihasi adliya organlariga xulosa olish uchun yuboriladi.
👉 adliya organlari kompensasiya berilganligi, uy-joylar amalda to`liq bo`shatilganligi va boshqa holatlarni o`rganadi va o`z xulosasini hokimliklarga taqdim etadi.
👉 adliya organlarining xulosasi ijobiy bo`lgan taqdirdagina ko`chmas mulkni buzib tashlash to`g`risidagi qaror qabul qilinadi.
Mazkur tartib jismoniy va yuridik shaxslarga:
egalik qilish, doimiy foydalanish yoki vaqtinchalik foydalanish huquqi bilan tegishli bo`lgan erlarga uchastkalariga nisbatan tatbiq etiladi;
mulk huquqi asosida tegishli bo`lgan er uchastkalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Er uchastkalari olib qo`yilishi, ko`chmas mulk ob`ektlarini buzib tashlash, fuqarolarni ko`chirish, shuningdek, kompensasiyalar berishda qonun talablari ijrosini nazorat qilish prokuratura organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Mazkur tartib 2020 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.






