Mamlakatimizda havo harorati keskin pasayishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan XTV rasmiy murojaat qildi:
“Xalq ta`limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi farmonining 3-bandiga ko`ra, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimlari maktablarni kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi uchun mas`ul hisoblanadi. Mahalliy hokimiyatlar tomonidan maktablarning isitish tizimi takomillashtirilib, ko`mir bilan ta`minlash bo`yicha ishlar olib bordi.
Joriy yil maktablarda Kuzatuv kengashlari tashkil etildi va ularga maktab faoliyati ustidan nazorat vakolati berildi.
O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi maktab Kuzatuv kengashi a`zolarini ta`lim muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi bo`yicha jamoatchilik nazoratini o`rnatishga chaqiradi. Shuningdek, maktablarni kuz-qish mavsumiga tayyorlashda joylarda mahalliy hokimiyatlar tuzgan ishchi guruhlarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun xabar berishingizni so`raymiz”






