AsosiyJamiyat

Hokim sovg`a qilgan avtomobil kimning puliga olingani ma`lum bo`ldi

'Hokim sovg`a qilgan avtomobil kimning puliga olingani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

So`nggi paytlarda viloyat hokimlari tomonidan yig`im-terimda faol qatnashgan paxtakorlarga mashina sovg`a qilinayotgani haqida ko`plab xabarlar tarqatildi. Ularga ko`ra keng jamoatchilik ushbu sovg`alar qaysi manba, qaysi mablag` evaziga berilayotgani odamlarda qiziqish uyg`otmoqda.

Farg`ona viloyati hokimi Shuhrat G`aniev klaster usulida paxta etishtirgan tadbirkorning onasiga “Malibu” sovg`a qilgan edi. Jurnalistning ushbu sovg`a qaysi manba hisobiga xarid qilingani borasidagi savoliga viloyat hokimligi matbuot xizmati rahbari “Bu viloyat hokimligining ichki siri, men uni oshkor eta omayman”, deb javob bergan.

Ma`lum bo`lishicha “OAVda tarqalayotgan axborotlarda klaster korxonalari va ularning saxovatpesha rahbarlari tomonidan tayyorlangan sovg`a “hokimning sovg`asi” sifatida talqin qilinib, hokimlar “saxiy qahramon” sifatida ko`rsatilmoqda. Mazkur "spektakl" esa keng jamoatchilikda turli shubha va savollar tug`ilishiga sabab bo`lyapti.

Boshqa yangiliklar