Hukumat tomonidan “Xotin-qizlarni ish bilan ta`minlash, ular o`rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” qarori qabul qilindi.
Qarorga ko`ra, Prezidentning 5 ta muhim tashabbusi doirasida xotin-qizlarni ish bilan ta`minlash va ular o`rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish tizimi yanada takomillashtiriladi.
✅ Shunga ko`ra, qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:
👉 2019 yilda ishsiz xotin-qizlar bandligini ta`minlash bo`yicha chora-tadbirlar dasturi;
👉 2019 yilda Xotin-qizlar va oilani qo`llab-quvvatlash jamoat fondi va o`z mablag`lari hisobidan tadbirkorligini tashkil etadigan xotin-qizlarning tuman (shahar) kesimidagi asosiy parametrlari.
Qaror bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturiga muvofiq, joriy yilda hududiy investisiya dasturlari doirasidagi loyihalarni amalga oshirish orqali jami 88 ming 294 nafar ishsiz xotin-qizlarning bandligi ta`minlanadi.
Shuningdek, Xotin-qizlar qo`mitalarining tavsiyanomasi asosida 3 ming 112 nafar xotin-qizlarga 85 mlrd 500 mln so`mlik kreditlar ajratilishiga ko`maklashish ham nazarda tutilgan.
“Milliy qadriyat, an`ana va urf-odat” respublika hunarmand xotin-qizlarining ko`rgazmasi tashkil etiladi.






