2019 yil 29 noyabr kuni Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi bo`lib o`tadi. Bu haqda O`z A xabar bermoqda.
Sammit kun tartibidan siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, transport-kommunikasiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari o`rin olgan.
Tomonlar, shuningdek, xalqaro siyosat va mintaqaviy xavfsizlikni ta`minlashga oid dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashadilar.
Uchrashuv so`ngida yakuniy hujjat qabul qilinishi kutilmoqda.
Ma`lumki, Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining maslahat uchrashuvlarini muntazam o`tkazish tashabbusi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017 yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surilgan edi. Birinchi sammit o`tgan yilning mart oyida Nur-Sulton shahrida bo`lib o`tdi.






