AsosiyJamiyat

“O`rgan, sinab ko`r, rivojlan!”

'“O`rgan, sinab ko`r, rivojlan!”'ning rasmi

Bugun, 22 noyabr kuni soat 15.00 da Toshkent Yodju Texnika institutida “O`rgan, sinab ko`r, rivojlan” uchinchi global tadbirkorlik haftasi doirasida trening bo`lib o`tadi.

GEN tarkibiga kirgan dasturlarda, loyhalar va tashabbuslarda global tadbirkorlik ekotizimining ko`pgina a`zolari ishtirok etadi, bu tizimga to`rtta asosiy ustun poydevor bo`lib xizmat qiladi: 

ShOD BO`LISh (CELEBRATE). Rivojlanishni olg`a suradigan tadbirkorlarning yutuqlaridan xursand bo`lish va ulardan ilhomlanish. 

QO`LLAB-QUVVATLASh (SUPPORT). Yosh tadbirkorlarga tajribani o`rganish imkoniyatini berish.

TUShUNISh (UNDERSTAND). Milliy biznes muhitini rivojlantirish uchun, tadbirkorlikning eng a`lo namunalari va tizimlarini aniqlash. 

ALOQA BOG`LASh (CONNECT). Barcha tadbirkorlar bilan, jahonning har qanday chekka nuqtasida bo`lishidan qat`i nazar, aoloqa bog`lash imkoniyati.

Treningga kirish bepul, barcha qiziquvchilarni taklif etamiz!

    Boshqa yangiliklar