AsosiySiyosat

Gurbanguli Berdimuhamedov Toshkentga keladi

'Gurbanguli Berdimuhamedov Toshkentga keladi'ning rasmi

 

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov joriy yil 28 noyabr kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizga keladi.

Davlat rahbarlari o`zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladi hamda savdo-iqtisodiy, transport-kommunikasiya va madaniy-gumanitar sohalarda qo`shma loyihalar amalga oshirilishining borishini ko`rib chiqadi.

Prezidentlar, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashadi.

Turkmaniston Prezidenti 29 noyabr kuni Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etadi.

    Boshqa yangiliklar