AsosiyJamiyat

Fermer xo`jaliklariga yana bir imtiyoz berilishi kutilmoqda

'Fermer xo`jaliklariga yana bir imtiyoz berilishi kutilmoqda'ning rasmi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “Paxta xom ashyosini etishtirishda yuqori hosildorlikka erishgan fermer xo`jaliklarini rag`batlantirish tartibi to`g`risidagi nizomga o`zgartirishlar kiritish haqida”gi qaror loyihasi joylashtirildi.

Nizomga kiritilgan qo`shimchalar: xususan, b) qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa turdagi qishloq xo`jaligi ekinlarini ekish uchun ajratilgan er maydonlarida agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish uchun ta`minotchi tashkilotlar bilan to`g`ridan-to`g`ri shartnoma tuzish orqali mazkur er maydonining har bir gektariga ekilgan ekin turi uchun amaldagi texnologik kartalarda tavsiya etilgan me`yorlar bo`yicha dizel yoqilg`isi va mineral o`g`itlarni O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan deklarasiya qilingan narxlarda (ta`minotchi ustamasi bilan) oldindan 100 foiz to`lovni amalga oshirgan holda tegishli shoxobchalar orqali xarid qilish. Mazkur imtiyozning taqdim etilishi uchun “O`zneftmahsulot” AJ tizimidagi neft unitar korxonalari hamda “O`zkimyosanoat” AJ tizimidagi “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatlarining tuman (shahar) bo`linmalari mas`ul hisoblanadi;

d) fermer xo`jaligiga O`zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan engil avtotransport vositalaridan (“Uzauto Motors” AJ mahsuloti) xohlagan bitta modelini fermer xo`jaligining asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag`idan pul mablag`larini o`tkazish yo`li bilan navbatsiz shartnomaviy buyurtma berish orqali xarid qilinadi. Bunda fermer xo`jaliklari tomonidan tegishli sertifikatga asosan “O`zavtosanoat” AJ tizimidagi korxonalarga murojaat etilgandan keyin bir oy muddatda shartnomalar tuzish yakunlanadi hamda “O`zpaxtasanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan fermer xo`jaliklarining paxta yakuniy hisob-kitob mablag`laridan to`liq to`lab beriladi. Mazkur imtiyozning taqdim etilishi uchun “O`zpaxtasanoat” AJ va “O`zavtosanoat” AJ tizimidagi diler korxonalar avtotransport vositasini shartnomaviy muddatlarda etkazib berish uchun mas`ul hisoblanadi;.

“15. Tuman Fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari kengashi tomonidan har yili 25 yanvarga qadar Ro`yxat hamda berilgan xulosa va sertifikatlar to`g`risida Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlar Fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari kengashiga hisobot taqdim qilinadi”.

“16. Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlar Fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari kengashi tomonidan hisobotlar fermer xo`jaliklari kesimida umumlashtirilib, har yili 30 yanvarga qadar O`zbekiston Fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari kengashiga tegishli axborot taqdim qilinadi”.

“19. Imtiyozlarning taqdim qilinishi holati tegishli Fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari kengashlari tomonidan doimiy ravishda o`rganib boriladi. Imtiyozlarni taqdim etishda belgilangan tartibning buzilganligi holatlari aniqlangan taqdirda, tegishli fermerlar kengashlari tomonidan O`zbekiston Fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari kengashiga tezkor ma`lumot taqdim qilinadi. O`zbekiston Fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari kengashi ham, o`z navbatida, imtiyozlarni taqdim etishda belgilangan tartibning buzilganligi holatlari yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritadi”.

    Boshqa yangiliklar