AsosiyJamiyat

Tashkent City bog`idagi musiqali favvora bahorga qadar vaqtincha to`xtatiladi

'Tashkent City bog`idagi musiqali favvora bahorga qadar vaqtincha to`xtatiladi'ning rasmi

Tashkent City bog`idagi musiqali favvora 21 noyabrdan bahorgi mavsumga qadar vaqtincha to`xtatiladi. 

Tashkent City ma`muriyatining ma`lum qilishicha, bunga sabab kutilayotgan sovuq ob-havodir.

Bog`da esa  tobora yaqinlashib kelayotgan yangi yil bayramiga tayyorgarlik boshlangan. Ma`lum qilinishicha, mutaxassislar yangi yil bayrami yorqin va esda qolarli bo`lishi uchun turli qiziqarli, ko`ngilochar tomoshalarni, sovg`alarni tayyorlashmoqda. Maydon ham rang-barang chiroqlar va badiiy bezaklar bilan bezatiladi. 

    Boshqa yangiliklar