AsosiyJamiyat

Tayyor turing! Ertaga qor yog`ishi mumkin!

'Tayyor turing! Ertaga qor yog`ishi mumkin!'ning rasmi

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 21 noyabr kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, kechqurun yomg`ir qorga aylanishi mumkin. G`arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esayotgan shamolning tezligi sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 4-6 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda qor yog`ishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamolning tezligi ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 2-7 daraja sovuq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yog`ingarchilik bo`ladi (yog`ayotgan yomg`ir qorga aylanishi mumkin). G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamolning tezligi ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi.

ToshkentSamarqandJizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yog`ingarchilik bo`ladi (yog`ayotgan yomg`ir qorga aylanishi mumkin). G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamolning tezligi ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 3-8 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yog`ingarchilik bo`ladi (yog`ayotgan yomg`ir qorga aylanishi mumkin). G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamolning tezligi ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.

AndijonNamangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yog`ingarchilik bo`ladi (yog`ayotgan yomg`ir qorga aylanishi mumkin). G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamolning tezligi ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi. 

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yog`ingarchilik bo`ladi (yog`ayotgan yomg`ir qorga aylanishi mumkin). G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamolning tezligi ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 1 daraja sovuq, 4 daraja iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar