Ertaga 21 noyabr kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumaniga qarashli 10 kVl transformator punktida rejali joriy ta`mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida, «Xurshid» mahallasining 2-tor «To`qimachi» va 1, 2, 3-tor«Atoiy», «Nashriyot» ko`chalari, hamda «Zulfizar» mahallasi 1, 2-tor «Taqachi» ko`chalaridagi aholi xonadonlarida elektr energiyasida soat 10:00 dan 17:00 qadar uzilish bo`ladi.
Andijon viloyatining Andijon tumanidagi «Ayrilish» MFY hududida joylashgan «O`zbekiston milliy elektr tarmoqlari»AJning «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali tasaruffidagi 220 kVli «Yulduz» podstansiyasida T2-125 MVA quvvatli avtotransformatorni 200 MVA quvvatli avtotransformatorga almashtirish ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan 2019 yil 20 noyabrdan 25 noyabrgacha viloyatning ayrim hududlarida elektr ta`minotidagi uzilishlar kuzatilishi mumkin.
Farg`ona viloyatining Beshariq tumanidagi «Chimboy» podstansiyasida joriy ta`mir hamda qishga tayyorgarlik ishlari olib borilishi sababli, Oqtovuq, Chimboy, Bessari, Sho`r, Shodlikobod mahalla fuqarolar yig`inlarida;
Marg`ilon shahridagi 3-sonli transformatorda ta`mirlash ishlari olib borilishi sababli, B.Marg`iloniy mahalla fuqarolar yig`inlarida;
Buvayda tumanidagi 374-sonli transformatorda qishga tayyorgarlik ishlari olib borilishi sababli, «Mixchagar» qishlog`iga qarashli«Hasanqo`rg`oncha»mahalla fuqarolar yig`inlarida;
Dang`ara podstansiyasida joriy ta`mirlash ishlari olib borilishi sababli, Dang`ara tumanidagi «Chodaklik», «G`umoyli», «Uvaysiy», «Navbahor», «Pishqaron», «Oltiqush»mahalla fuqarolar yig`inlari va Dang`ara shaharchasi iste`molchilariga elektr energiyasini etkazib berilishida vaqtinchalik uzilishlar bo`ladi.
Shuningdek, Urganch tumanidagi «Qaramon», «Yuqorijirmiz», «Kattabog`», «Beruniy» mahallalarida;
Xorazm viloyatining Shovot tumanining «Qatqal`a», «Arbob», «Qunduz», «Tuproqqal`a», «Yangiturmush», «Oydin», «Oydinqal`a», «Idaliqal`a», «KomiljanOtaniyozov», «Botirlar»mahallalarida;
Xiva tumanining «Juryon», «Indavak», «Ariq», «Oqko`l», «Soyot», «Sho`rko`l», «Qattibosh», «Varangzor» mahallarida;
Hazorasptumanining «Pichoqchi», «12-narvon», «Juvondir», «B.Matirzayov», «Otaliq», «To`rtta», «Uzuqkaqosh», «Ishchilar», «Sulaymonqal`a», «Oybek», «Sanoat», «Sh.Rashidov» mahallarida joriy ta`mirlash ishlari o`tkazilishi kutilmoqda. Shu sababli yuqorida keltirilgan hududlarda joriy yilning 21 noyabr kuni soat 9:00 dan 18:00 ga qadar elektr energiyasi ta`minotida vaqtinchalik uzilishlar bo`lishi mumkin.
Navoiy viloyati «G`azg`on» podstansiyasida joriy ta`mirlash ishlari bajarilishi munosabati bilan Nurota tumanidagi «Tumor», «Shayxon», «Guliston», «Marmarobod» mahalla fuqarolar yig`inlarida yashovchi aholi xonadonlarida soat 09:00 dan 17:00 gaqadar elektr energiyasi ta`minotida vaqtincha uzilish bo`ladi.
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ keltirilgan noqulayliklar uchun iste`molchilardan uzr so`raydi






