AsosiyJamiyat

Direktor nega kechki payt yig`ilish o`tkazyapti?

'Direktor nega kechki payt yig`ilish o`tkazyapti?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi 28-umumta`lim maktabining direktori yig`ilishlarni soat 17:00 dan keyin o`tkazayotgani haqidagi xabar tarqaldi.  Mazkur holat bo`yicha Samarqand shahar xalq ta`limi bo`limi izoh berdi.

28-umumta`lim maktabi 964 nafar o`quvchiga muljallangan bo`lib, 1135 nafar o`quvchi tahsil oladi. Darslar 2 navbatda tashkil etilgan va 64 nafar pedagog ishlaydi. 

O`zbekiston Respublikasi “Ta`lim to`g`risida”gi qonuni va Davlat ta`lim standartlariga ko`ra, vaqtiga muvofiq maktabda dars soatlari belgilangan. Maktabda ta`lim sifati, samaradonligi hamda ish rejasidagi masalalarni pedagog jamoa bilan muhokama qilish talab etiladi va bu ishlar darslardan so`ng olib boriladi. Agar shu kabi yig`ilishlar oldinroq o`tkazilib, o`qituvchilar jalb qilinsa, belgilangan dars soatlarini o`tishning imkoni bo`lmaydi.

Darvoqe, oilaviy sharoititushuntirilib, javob so`raganlar kengashda ishtirok etishdan ozod etiladi.

    Boshqa yangiliklar