AsosiyJamiyat

6 ta hududiy davlat soliq inspeksiyalarida yangi rahbarlar ish boshladi

'6 ta hududiy davlat soliq inspeksiyalarida yangi rahbarlar ish boshladi'ning rasmi

Davlat soliq qo`mitasining buyrug`iga asosan 6 ta hududiy davlat soliq inspeksiyalariga yangi rahbarlar tayinlandi.

Arnasoy_tumani_DSI_boshligi_Umurov.jpg

Umurov Husniddin Mahmudovich

Jizzax viloyati Arnasoy tumani DSI boshlig`i lavozimiga tayinlandi.

X.Umurov 1979 yilda Jizzax viloyati Forish tumanida tug`ilgan. 2006 yili Jizzax politexnika institutini tamomlagan. Soliq tizimidagi faoliyatini 2001 yilda Davlat soliq qo`mitasi huzuridagi Axborot-maslahat markazida mutaxassislikdan boshlagan. Yangi lavozimga tayinlangunga qadar Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani DSI boshlig`i o`rinbosari vazifasida ishlagan.

 

Kuva_tumani_DSI_boshligi_Maqsudov.jpg

Maqsudov Nosirjon Murodilovich

Farg`ona viloyati Quva tumani DSI boshlig`i etib tayinlandi.

N.Maqsudov 1984 yilda Farg`ona viloyati Quva shahrida tug`ilgan. 2007 yili Farg`ona politexnika institutini tamomlagan. Soliq tizimidagi faoliyatini 2007 yilda Farg`ona viloyati Quva tumani DSIda davlat soliq inspektori lavozimida boshlagan. Yangi lavozimda faoliyat boshlaguniga qadar Farg`ona viloyati Quva tumani DSI boshlig`ining birinchi o`rinbosari vazifasida faoliyat ko`rsatgan.

Kukon_shaxar_DSI_boshligi_Turdiqulov.JPG

Turdiqulov Muhiddinjon Sobirovich

Qo`qon shahar DSI boshlig`i etib tayinlandi.

M.Turdiqulov 1965 yilda Farg`ona viloyati O`zbekiston tumanida tug`ilgan. 1988 yili Toshkent xalq xo`jaligi institutini tamomlagan. Soliq tizimidagi faoliyatini 1995 yilda Farg`ona viloyati Qo`qon shahar DSI davlat soliq inspektori lavozimida boshlagan. Yangi lavozimda ish boshlagunga qadar Farg`ona viloyati Qo`qon shahar Moliya bo`limi mudiri sifatida ishlab kelgan.

Fargona_shaxar_DSI_boshligi_Toshtemirov.JPG

Toshtemirov To`lqin Toirjonovich

Farg`ona shahar DSI boshlig`i etib tayinlandi.

T.Toshtemirov 1984 yilda Farg`ona viloyati Farg`ona tumanida tug`ilgan. 2006 yili Toshkent moliya institutini, 2013 yili O`zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tamomlagan. Soliq tizimidagi faoliyatini 2007 yilda Farg`ona shahar DSI inspektori lavozimida boshlagan. Yangi lavozimga tayinlangunga qadar Davlat soliq qo`mitasi boshqarma boshlig`i o`rinbosari vazifasida ishlagan.

Boyovut_tumani_DSI_boshlig`i_Saribaev.jpg

Saribaev O`tkirjon Qodirqulovich

Sirdaryo viloyati Boyovut tumani DSI boshlig`i etib tayinlandi.

U.Saribaev 1983 yilda Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida tug`ilgan. 2005 yili Guliston davlat universitetini, 2009 yili O`zbekiston Milliy universitetini, 2016 yili Bank-moliya akademiyasini tamomlagan. Soliq tizimidagi faoliyatini Sirdaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi bosh mutaxassisi lavozimida boshlagan. Yangi lavozimda ish boshlaguniga qadar Sirdaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi Soliq sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo`limi boshlig`i vazifasida ishlagan.

 

Parkent_tumani_DSI_boshligi_Ro`ziboev.jpg

Ro`ziboev Ravshanbek Quryazovich

Toshkent viloyati Parkent tumani DSI boshlig`i etib tayinlandi.

R.Ro`ziboev 1983 yilda Xorazm viloyati Bog`ot tumanida tug`ilgan. 2009 yili Soliq akademiyasini tamomlagan. Soliq tizimidagi faoliyatini 2004 yilda Xorazm viloyati Gurlan tumani DSI davlat soliq inspektori vazifasida boshlagan. Yangi lavozimga tayinlangunga qadar Toshkent viloyati Parkent tumani DSI boshlig`i vazifasini vaqtincha bajaruvchisi bo`lib faoliyat yuritgan.

    Boshqa yangiliklar