Yaponiyaning Balcom Group kompaniyasi prezidenti Tesuro Yamasaka Namanganga keldi.
Namanganda xususiy maktab ochish uchun investisiya kiritishni rejalashtirayotgan kompaniya rahbari viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bilan uchrashdi va ushbu loyihaning o`ziga xos jihatlari haqida ma`lumot berdi.
1,5 gektar maydonda barpo etilishi rejalashtirilayotgan mazkur maktab xalqaro ta`lim standartlari asosida faoliyat olib boradi. Unda 525 o`quvchi tahsil olishi ko`zda tutilgan.
Maktab qurilishi uchun taklif etilgan hududlar ko`rib chiqilgach, Balcom Group kompaniyasi bilan investision kelishuv imzolanadigan bo`ldi.
Uchrashuv kun tartibidan Namangan hamda Xirosima o`rtasida birodarlashgan shaharlar kelishuvi imzolanishi masalasi ham o`rin oldi.






