AsosiyJamiyat

Termiz shahar hokimligi chiqindixonalardagi ahvol haqida rasmiy bayonot berdi

'Termiz  shahar hokimligi chiqindixonalardagi ahvol haqida rasmiy bayonot berdi'ning rasmi

Termiz shahar hokimligi 2019 yilning 25 oktyabr kuni “Mahalla” telekanalining “Reportyor” ko`rsatuvi orqali shahardagi  chiqindixonalarda daydib yurgan itlarning tobora ko`payib borayotgani, bunga mutasaddi tashkilotlar befarq qarayotgani haqida e`lon qilingan tanqidiy lavha yuzasidan quyidagilarni ma`lum qiladi...

Termiz shahar Obodonlashtirish boshqarmasi qoshidagi “Daydi hayvonlarni ushlash va yo`qotish” bo`limi tomonidan joriy yilning o`tgan 10 oyi mobaynida 672 ta qarovsiz daydi hayvonlarni tutish va yo`qotish ishlari olib borilgan.  Hozirda shahar Davlat sanitariya epidemologiya nazorati markazi hamda mahalla fuqarolar yig`inlari bilan hamkorlikda qo`shimcha ishchi kuchlarini jalb qilgan holda daydi hayvonlarni ushlash va yo`qotish ishlarini jadallashtirish bilan bog`iq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Daydi hayvonlarni tezkorlik bilan ushlash maqsadida har bir mahallada mas`ul xodimlar tomonidan fuqarolar bilan profilaktik suhbatlar o`tkazib kelinmoqda. Mahallalar hududida daydi hayvonlar kuzatilganda bo`limning +998997168102 raqamli “Ishonch telefoni”ga murojaat qilish imkoniyati yaratildi.

    Boshqa yangiliklar