AsosiyDunyo

Sharsharada selfiga tushmoqchi bo`lgan sayyoh 80 metrlik chuqurlikka quladi

'Sharsharada selfiga tushmoqchi bo`lgan sayyoh 80 metrlik chuqurlikka quladi'ning rasmi

Tailandda 33 yoshli fransuz sayyohi sharsharada selfi olishga urinayotgan paytda yiqilib vafot etdi. 80 metr balandlikdan qoyalarga qulagan Bastien Palmier voqea joyida halok bo`lgan.

Polisiya xodimlarining ta`kidlashicha, Palmier Na Mueang sharsharadagi ogohlantirish belgilariga qaramay, xavfsizlik chizig`idan o`tib, jar yoqasigacha borgan. Keyin esa, do`stlarining ogohlantirishlariga ham qaramay harakatlangan Palmierning oyoqlari  sirg`alib ketadi.

Shu joyning o`zida iyul oyida 26 yoshli ispaniyalik sayyoh ham selfi oqibatida vafot etgan edi.

O`tgan yili Hindistonda o`tkazilgan tadqiqotga ko`ra, 2011 yil oktyabr va 2017 yil noyabr oylari orasida dunyo bo`ylab kamida 259 kishi selfi olish paytida vafot etgan.

Ba`zi mamlakatlarda sayyohlarni selfi xavfidan ogohlantiruvchi risolalar tarqatiladi, Hindistonning ko`p joylarida «Selfi taqiqlangan hudud» belgilari mavjud.

    Boshqa yangiliklar