O`zbekiston “Adolat” SDP Toshkent shahar Kengashi Chilonzor tumani Milliy stadion xududida “Biz adolat tarafdorimiz!” shiori ostida miting o`tkazdi.
Mitingda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Xalq deputatlari Toshkent shahar tuman Kengashlari deputatlari hamda nomzodlar, keng jamoatchilik vakillari, mahalla faollari, xotin-qizlar, yoshlar va partiya xodimlari ishtirok etdi.
Namoyish jamiyatimizda adolatni o`rnatish, fuqarolar manfatlarini, ularning haq-huquqlarini poymol etilishining oldini olishga qaratilgan. Mitingda partiya faollari tomonidan, partiya saylovoldi dasturidan o`rin olgan, jamiyatda mavjud bo`lgan korrupsiyaga qarshi kurashish orqali jamiyatda adolatni o`rnatish kabi fikr-mulohazalar ilgari surildi.
Tadbirda so`zga chiqqan partiya Toshkent shahar Kengashi faollari hamda partiya Toshkent shahar Kengashi raisi B.Valiev barcha qatnashchilarni birlikka, bir yoqadan bosh chiqarshga chaqirdi.






