Rossiya Prezidenti Vladimir Putin yanvar oyining birinchi haftasida Turkiyaga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda juma kuni Turkiya prezidentining erdamchisi Ibrohim Kalin ma`lum qildi.
Ibrohim Kalinning aytishicha, bu uchrashuvda Putin va Erdog`an energetika masalalarini, shu jumladan “Turkstream” tabiiy gaz quvurini, shuningdek, kurd qo`shinlarining Turkiya bilan Suriya chegaralaridan chiqib ketishi borasida kelishuvni muhokama qilishini aytdi.






