AsosiyJamiyat

Turkmanistonlik polisiyachilar va bojxonachilar O`zbekiston bilan chegara punktida o`zaro mushtlashib ketdi

'Turkmanistonlik polisiyachilar va bojxonachilar O`zbekiston bilan chegara punktida o`zaro mushtlashib ketdi'ning rasmi

Joriy yilning 16 noyabr kuni Turkmanistonning Dashoguz viloyati aholisi chegaradan O`zbekistonga o`tadigan Shovot o`tkazish punktida turkman polisiyasi va bojxonachilari o`rtasida mojaro kelib chiqdi. Ularni ajratish uchun mamlakat Milliy xavfsizlik vazirligi mintaqaviy boshqarmasi xodimlari etib kelishgan.

«Xronika Turkmenistana» xabariga ko`ra, har kuni chegaradan o`tish joyining Turkmaniston tomonida bir necha yuzlab kishi to`planadi. Navbatda turmaslik uchun odamlar tanish polisiyachilarni qidiradi yoki pul evaziga olib o`tish borasida kelishishga harakat qiladi.

Bu safar odamlar odatdagidan ko`proq bo`lganligi sababli, avvaliga navbatda turgan kishilar hamda navbatdan tashqari o`tib ketmoqchi bo`lganlar o`rtasida, so`ng polisiyachilar va bojxonachilar o`rtasida mojaro kelib chiqdi. Polisiyachilar (6-8 kishi) bojxona xodimlari juda sekin ishlayotganini aytishgan, bojxonachilar esa polisiya tartibbuzarlik keltirib chiqarish emas, balki tartibni nazorat qilish bilan shug`ullanishi lozimligini bildirishgan.

Ish mushtlashuvgacha borib etdi. Qo`mondonlar mojaroni hal qila olishmadi va Milliy xavfsizlik vazirligi vakili o`z hamkasblarini chaqirdi. Shundan keyingina maxsus xizmatlar xodimlari ajratilgan.

Guvohlarning so`zlariga ko`ra, mojaro va undan keyin yuz bergan mushtlashuv natijasida nazorat-o`tkazish punkti ishi to`xtatilgan. 50dan oshiq kishi chegarani kesib o`tolmadi va o`tish joyida tunab qoldi. 

    Boshqa yangiliklar