Davlat statistika qo`mitasi yanvar-oktyabr oylarida yirik sanoat korxonalari tomonidan ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi haqida ma`lumot berdi.
Xususan, engil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 41,8 foizga oshgan. 2018 yilning shu davrida 154 381 dona engil avtomobil ishlab chiqarilgan bo`lsa, 2019 yilda - 218 912 ming dona.
Yuk avtomobillarini ishlab chiqarish esa 31,8 foizga ortdi. 2018 yilda - 3 370 dona, 2019 yilda - 4 440.
Avtomobil dvigatellarini ishlab chiqarish 43,3 foizga oshdi. 2018 yilda 115,3 dona dvigatel chiqarilgan bo`lsa, 2019 yilda - 165,3.
2019 yil yanvar-oktyabr oylarida traktor ishlab chiqarish hajmi 1 194 donani tashkil etdi (2018 yilda - 2 710).






