Joan Roulingning kichkina sehrgar Garri Potter haqidagi afsonaviy yangi kitobi nashr qilishga tayyorlanmoqda, deya xabar qilmoqda The Telegraph.
“Garri Potter va falsafiy toshlar” kitobi qahramonlari obrazi rassom Jim Key tomonidan ishlangan. Key 2012 yili Patrik Nessning “Maxluq ovozi” kitobiga ishlagan g`amgin, gotik rasmlari uchun Keyt Grinuey nomidagi ijodiy mukofotni qo`lga kiritgandi. Bu kitobga ham aynan shu usuldi surat ishlanmoqda.
Kitobning yangi nashri 2015 yil 6 oktyabrda dunyo kitob do`konlarida paydo bo`ladi.





