Bosh prkuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi boshlig`i Hayot Shamsutdinov Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani hokimligida pora olish jinoyati sodir etilganligi haqida ma`lum qildi.
Unga ko`ra, kecha, 29 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani hokimiyati qishloq xo`jaligi masalalari bo`yicha mutaxassisi B.A. fuqaro S.M.dan F.I. nomiga issiqxona qurish uchun er maydoniga dehqon xujaligi shaklida egalik qilish huquqini beradigan tuman hokimining qarorini chiqartirib berish evaziga 100 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Shundan so`ng, tadbir davom ettirilib, shu kuni tuman hokimining qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosari M.S. xizmat xonasida mutaxassis B.A.dan 100 AQSh dollarini pora tariqasida olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Departamentning Shahrisabz tumani bo`limi tomonidan JKning 210 va 212-moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
B.A. hamda M.S. prosessual tartibda ushlangan.






