AsosiyShou-biznes

Rayhon turmush o`rtog`idan ajrashishga ariza topshirgani xabar qilindi

Xonanda Rayhon turmush o`rtog`i aktyor Yigitali Mamajonov bilan ajrashishga ariza topshirdi, deya xabar beradi uz24.uz nashri Sayyod.com sayti ma`lumotlariga tayanib. 

Xabardan ma`lum bo`lishicha, saytning “Ajrashayotgan ekansiz... Bu nechog`lik  xaqiqat?”, - degan savoliga xonanda: “Ha, bu xaqiqat. Men ajralishga topshirdim. Xozir hayotimda og`ir damlar kechmoqda...”, deb javob bergan.

Xabarda ularning ajrashish sababi ma`lum qilinmagan.

Eslatib o`tamiz, xonanda Rayhon G`anieva va aktyor Yigitali Mamajonov 2012 yilning 16 noyabrida turmush qurishgan va 2014 yilning may oyida egizak farzandli bo`lishgan edi.

Shu yilning  23, 24,25, 26 fevral kunlari xonanda konsert dasturini o`tkazishi kutilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar