AsosiyJamiyat

Mudofaa vazirligi delegasiyasi xalqaro aviakosmik va mudofaa texnologiyalari ko`rgazmasida qatnashdi

'Mudofaa vazirligi delegasiyasi xalqaro aviakosmik va mudofaa texnologiyalari ko`rgazmasida qatnashdi'ning rasmi

Janubiy Koreya Milliy mudofaa vazirining O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziriga yo`llagan rasmiy taklifiga binoan mudofaa vazirining qurol-aslaha va qurollantirish bo`yicha o`rinbosari polkovnik Oybek Ortikovich Ismoilov boshchiligidagi harbiy delegasiya joriy yilning 13—18 oktyabr kunlari Koreya Respublikasining Seul shahrida bo`lib o`tayotgan “Seoul ADEX-2019” Xalqaro aviakosmik va mudofaa texnologiyalari ko`rgazmasida ishtirok etmoqda.

“Seoul ADEX-2019” Xalqaro aviakosmik va mudofaa texnologiyalari ko`rgazmasi – bu muhim jismoniy va harbiy shaxslar hamda boshqa mutaxassislarning sohada erishilgan so`nggi yutuqlari namoyishi va yangi texnologiyalar almashinuvi, ishtirokchilarning muhim uchrashuv va amaliy muzokaralar joyligi bilan ahamiyatli.

“Seoul ADEX-2019” Xalqaro ko`rgazmasi davomida O`zbekiston delegasiyasi Janubiy Koreya tomonidan Seul shahri yaqinidagi KINTEX - Korea International Exhibition markaz va “Chxondju” aerodromida taqdim etilgan Harbiy havo kuchlari qurollari, Havo hujumidan mudofaa qurilmalari, uchuvchisiz uchish apparatlari, erdagi qurol-aslaha, harbiy texnika va eksponatlar hamda boshqa Koreya Respublika korxonalarining xizmat turlari bilan tanishdi.

Shuningdek,Xalqaro aviakosmik va mudofaa texnologiyalari ko`rgazmasi davomida polkovnik Oybek Ismoilov boshchiligidagi O`zbekiston delegasiyasi uchun mudofaa sanoati assosiasiyasi raisi va bir qator Koreya va boshqa xorijiy kompaniyalar rahbarlari va vakillari, shu jumladanJanubiy Koreya mudofaa vazirining o`rinbosari Su Cho Suk bilan uchrashuvlar tashkil etilib, harbiy va harbiy texnik hamkorlik, Mudofaa vazirligi qo`shinlariga zamonaviy texnologiyalarni jalb etish, harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirish hamda tajriba almashinuvi, turli xizmatlar ko`rsatish bo`yicha muzokaralar olib borildi.

Bugungi kunda “Seoul ADEX-2019” Xalqaro ko`rgazmasida mudofaa vazirining qurol-aslaha va qurollantirish bo`yicha o`rinbosari polkovnik 
Oybek Ismoilov boshchiligida delegasiya o`z ishini davom ettirmoqda. 

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

    Boshqa yangiliklar