Poytaxt dehqon bozorlarida narxi pastroq qishloq xo`jalik mahsulotlari bilan savdo qiluvchi maxsus savdo shahobchalari faoliyat yuritmoqda.
Bu shahobchalar shahar xokimligi tashabbusi bilan “Elga xizmat” tashkiloti tomonidan tashkil etilgan . Ushbu tashkilot o`z rastalarida aholiga qimmat bo`lmagan mahsulotlarni sotadi. Toshkent shahar hokimligining saytida ushbu tashkilotning faoliyatini tekshirish maqsadida shekilli, ijtimoiy so`rov o`tkazilmoqda. Ushbu so`rovda qatnashish uchun https://mo.tashkent.uz/ru/polls/vote/37 havolasi orqali Mening ovozim saytiga o`tib, Qishloq xo`jaligi mahsulotlarini ushbu savdo nuqtalarida xarid qilasizmi? degan savolga onlayn ovoz berishingiz mumkin.






