O`zAning xabar berishicha, “Yuksalish” umummilliy harakati tomonidan tashkil etilgan davra suhbatida milliy til rivoji bo`yicha amalga oshirish kerak bo`lgan ishlar va konstruktiv takliflar berilgan.
Suhbatda qatnashayotgan mutasaddilar va jurnalistlar o`zbek tili rivoji uchun amalga oshirish kerak bo`lgan bir qancha quyidagi takliflarni berishgan:
- Davlat rahbariyatida faoliyat yuritayotgan amaldorlar o`zbek tilini mukammal bilishini qonunan talab etish;
- o`zbek tili izohli lug`atini deyarli har yili yangilab mukammallashtirib chop etib borish;
- o`zbek tilini o`rganuvchi xorijliklar uchun maxsus alohida o`zbek tili grammatikasini ishlab chiqish;
- O`zbekistonda mavjud har qanday o`quv muassasasida boshqa til bilan birga davlat tilini o`rgatishni majburiy qilish;
- O`zbekistonning xorijdagi elchixonalarida o`zbek tili va madaniyati markazlarini tashkil qilish;
- Davlat tili va reklama to`g`risidagi Qonunni qayta ishlab chiqish.
“Yuksalish” umummilliy harakati raisi mazkur takliflar qog`ozda qolib ketmasligini bildirdi.






