AsosiyJamiyat

Maktablarda yana majburiy obuna qilinyapti...mi?

'Maktablarda yana majburiy obuna qilinyapti...mi?'ning rasmi

Yangi o`quv yili boshlanishi bilan maktab ta`limiga oid bir qator muammolar qayta ko`tarila boshladi.

Xususan, Xalq ta`limi vazirligi matbuot xizmati bergan ma`lumotga ko`ra, so`nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali maktablardagi majburiy obuna bo`yicha ko`plab savollar berilmoqda. 

2018 yilning 14 avgust kuni “Yoshlarni ma`naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta`lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko`tarish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarorining (PQ-3907) 16-bandida o`qituvchilarning bosma nashrlarga majburan obuna bo`lishini tashkil etish taqiqlangan. 

Shu bilan birga, ish haqidan faqatgina xodimning yozma arizasiga asosan ushlab qolinishi mumkin. Ish haqi faqatgina qonunda ko`rsatilgan hollardagina (soliqlar undirish, sud qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish va shu kabi holatlar) xodimning roziligisiz ushlab qolinishi mumkin.

Boshqa hollarda masalan, obuna, kommunal to`lovlar va boshqa masalalar bo`yicha xodimning yozma roziligisiz uning ish haqidan ushlab qolish noqonuniydir.

Yuqoridagilarni inobatga olib, xalq ta`limi tizimidagi pedagoglar va o`quvchi-yoshlar o`z xohishiga ko`ra yurtimizda chop etiladigan istalgan ijtimoiy-siyosiy, badiiy, ma`rifiy yoki intellektual gazeta va jurnallarga ixtiyoriy obuna bo`lishlari mumkinligi ma`lum qilinmoda.

    Boshqa yangiliklar