AsosiyJamiyat

Qozog`iston-O`zbekiston chegara o`tkazish punkti 1 noyabrdan vaqtincha yopiladi

'Qozog`iston-O`zbekiston chegara o`tkazish punkti 1 noyabrdan vaqtincha yopiladi'ning rasmi

Qozog`iston Respublikasining O`zbekistondagi elchixonasi rasmiy ma`lumotiga ko`ra, Qozog`iston Respublikasining O`zbekiston Respublikasi bilan chegarada joylashgan “B.Konisbaev” chegara o`tkazish punkti 2019 yilning 1 noyabridan boshlab yopiladi.

Chegara o`tkazish punktida qayta qurish va kengaytirish ishlari olib borilishi munosabati bilan piyoda ravishda harakatlanayotgan jismoniy shaxslar, engil avtotransport va 3,5 tonnagacha yuk ko`tarish qobiliyatiga ega bo`lgan yuk avtotransport vositalarining harakati 2020 yilning 1 yarmiga qadar to`xtatiladi. 

Shu munosabat bilan O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo`mitasi tovar hamda transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib o`tuvchi tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari, tashuvchilar, engil avtotransport vositalari haydovchilari va piyoda ravishda harakatlanuvchi jismoniy shaxslarga vaqtlarini tejash, sarf-xarajatlarning oldini olish maqsadida o`zbek-qozoq chegarasida joylashgan boshqa muqobil o`tkazish punktlari orqali harakatlanishlari mumkinligini ma`lum qiladi.

Eslatib, o`tamiz, Qozog`istonning “B.Konisbaev” chegara o`tkazish punkti Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi “Yallama” chegara o`tkazish punktiga tutash hisoblanadi.

 

    Boshqa yangiliklar