2019 yilning 17 oktyabr kuni “Boroda” (https://t.me/Boroda_kanal)telegram kanaliga joylashtirilgan “Andijonda piyoda e`tirozi: piyodalar yo`l belgilarini kim qo`ygan bo`lsa ham yo`lni o`rtasigayam qo`ysin mana shu joyda 4 martta YTX avariya sodir bo`libdi” nomli video murojaatda aks etganholatlar Andijon viloyati IIB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi va mutasaddi idoralar xodimlari ishtirokida o`rganib chiqildi.
Aniqlandiki, Andijon shahrining Furqat ko`chasida joylashgan Bolalar shifoxonasi oldidagi tartibga solinmagan piyodalar o`tish joyidagi 5.16.1 va 5.16.2 yo`l belgilari hamda 1.14.1 va 1.14.2 yotiq yo`l chiziqlari Davlatlararo standartlar (GOST-23457-86) talablariga muvofiq.
“Yo`l harakati qoidalari”ning 91-bandida “Piyodalar o`tish joylarida va ulardan oldin 5 metrdan kam masofa qolganda to`xtash taqiqlanadi” deb bayon qilingan. Ushbu video murojaatdagi 5.16.1 va 5.16.2 yo`l belgilari ko`rinmayotganligiga sabab, piyodalar o`tish joyida va ulardan oldin 5 metrdan kam masofa qolganda transport vositasi to`xtab turganligidir.
HozirdaAndijon viloyati IIB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan Andijon shahrining Furqat ko`chasida joylashgan Bolalar shifoxonasi oldidagi tartibga solinmagan piyodalar o`tish joyiga fuqarolar tomonidan avtomashinalarni qo`yib olish holatlariga barham berish va ularning oldini olish choralari qo`rilmoqda.
Shu o`rinda, haydovchilardan piyodalar o`tish joylariga yaqinlashganda tezlikni kamaytirib, piyodalar yo`ldan o`tib bo`lganiga ishonch hosil qilgandan so`ng harakatni davom ettirishlarini so`rab qolamiz. Unutmang, piyodalar orasida Sizning ham yaqinlaringiz bo`lishi mumkin.






