AsosiyJamiyat

Ogoh bo`ling: Toshkentda firibgarlar!

'Ogoh bo`ling: Toshkentda firibgarlar!'ning rasmi

16-oktyabr kuni Sergeli tumani IIO FMBga 31 yoshli Aleksandra K. murojaat qilib, joriy yilning iyun oyida unga 50 000 AQSh dollarini Qozog`iston Respublikasida yashovchi tanishlariga etkazishda yordam berishini va`da qilgan tanishi 37 yoshli Artyom S.ga nisbatan chora ko`rishni so`radi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB.

Aniqlanishicha, Aleksandra tanishining taklifiga rozi bo`lib, unga pullarni beradi. Ammo Artyom pullarni manzilga etkazmasdan, egasiga ham qaytarib bermasdan o`z ehtiyojiga sarflab yuboradi. Ushbu fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi. Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda.  

16-oktyabr kuni Sergeli tumani IIO FMBga yana bir ariza – 44 yoshli Zayniddin A.ning murojaati kelib tushdi. Uning ma`lum qilishicha, joriy yilning avgust oyida tanishi bo`lgan Muhiddin A. undan “Lasetti” rusumli avtomobilini 2 yil davomida muddatli to`lov evaziga xarid qilish istagini bildirgan. Ular o`zaro narxni 11 100 AQSh dollariga kelishib, dastlabki to`lov tariqasida Muhiddin 1 500 AQSh dollari to`lagan. Qolgan mablag`ni esa Muhiddin ikki yil davomida har oy 400 AQSh dollarida to`lashi kerak edi. Ammo avtomobilni olgach, Muhiddin o`z va`dasiga xilof tarzda sentyabr oyida mashinani 43 yoshli Xayrulla R.ga sotib, Zayniddinga qolgan mablag`ni to`lamasdan, pullarni o`z ehtiyojiga sarflab yuborgan. Ushbu fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi.  

Toshkent shahar IIBB poytaxtliklar va  mehmonlarniharni turli masalalarni hal qilishni va`da qilayotgan kishilarga notarial kelishuv rasmiylashtirmasdan turib pullarini berishga shoshilmasliklarini ta`kidlaydi.

    Boshqa yangiliklar