18 oktyabr kuni soat 09-00 dan 17-00 ga qadar Toshkent shahar Yashnobod tumanining ba`zi xududlarida, ya`ni “To`ytepa”, “Iqbol”, “Aviasozlar”, “Do`stlik” va “Fidoyilar” mahallaridagi aholi turar joy binolarida elektr energiyasida vaqtinchalik uzilishlar bo`ladi.
Tumanning S.Azimova ko`chasidagi 802-sonli transformator punkti mukammal ta`mirdan chiqarilayotganligi sababli soat 9-00 dan 17-00 gacha vaqtincha elektr energiyasidan uzilish bo`ladi.
Yashnobod tuman “Iqbol” mahallasidagi 2262-sonli transformator punktiga qarashli “Quruvchilar”, “Saodat”, “Muloyim” va “Charos” ko`chalarida yuqori kuchlanishli havo tarmog`i ishlari VL-0,4 SIP ta`mirdan chiqarilishi sababli ishlarni xavfsiz bajarish maqsadida vaqtincha 10-00 dan 17-00 gacha o`chiriladi.
“Aviasozlar” mahallasiga qarashli “Lisunova” mavzesining “Do`stlik” va “Birlashgan” mahallalarida joylashgan “Parkent” ko`chasidagi hamda “Fidoiylar” mahallasining 56 xarbiylar shaharchasida VL-0,4 yuqori kuchlanishli havo liniyasida temir beton ustun qulaganligi sababli ishlarni xavfsiz bajarish maqsadida vaqtincha 11-00 dan 17-00 gacha o`chiriladi.
Shuningdek, bugun soat 14-30 dan 15-30 ga qadar Olmazor tumanining “Sag`bon”, “Bobojonova”, “Qizilqo`shin”, “Z.Boboxonov”, “Chuvalachi”, “S.Mahmudova” mahallaridagi aholi turar joy binolarida, hamda “Sebzor” mavzesidagi ayrim do`konlarda elektr energiyasidan vaqtinchalik uzilish bo`ladi.
Asosiy magistral yunalishidagi yuqori kuchlanishli VL 6 kV kabel havo liniyasida kabel liniyalari almashtirilishi sababli vaqtincha o`chiriladi.






