AsosiyJamiyat

Propiska holatidan qat`i nazar haydovchilik guvohnomasini istalgan hududdan olish mumkinmi?

'Propiska holatidan qat`i nazar haydovchilik guvohnomasini istalgan hududdan olish mumkinmi?'ning rasmi

Biroz avval xabar berganimizdek, bugun, 17 oktyabr AOKA anjumanlar zalida “Ijtimoiy tarmoqlarda e`lon qilinayotgan ichki ishlar organlari faoliyatiga taalluqli materiallarga huquqiy munosabat bildirish” mavzusida matbuot anjumani bo`lib o`tdi...

Jurnalist va blogerlar ishtirok etgan uchrashuvda bir qancha muhim masalalarga ham oydinlik kiritildi. Masalan:
—  Kecha, Markaziy bank qarori bilan fuqarolar doimiy propiskasidan qat`i nazar istalgan hududdan kredit olishi mumkin bo`ldi. Xuddi shu kabi fuqarolarga pasport yoki haydovchilik guvohnomasini ham istalgan hududdan olish imkoniyatini yaratish mumkinmi? 

Nodir Ziyoev, IIV Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish Bosh boshqarmasi boshlig`ining birinchi o`rinbosari:

— Bu masala juda muhim. Hozirda ushbu tizimni joriy etish bo`yicha tegishli ishlarni amalga oshiryapmiz. Tez orada pasportni nafaqat doimiy propiska qilingan hududidan, balki vaqtincha ro`yxatdan o`tgan hududidan ham olish imkoniyatini yaratish bo`yicha takliflar kiritiladi. 

    Boshqa yangiliklar