Bugun, Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi anjumanlar zalida “Ijtimoiy tarmoqlarda e`lon qilinayotgan ichki ishlar organlari faoliyatiga taalluqli materiallarga huquqiy munosabat bildirish” mavzusida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.
Tadbirda O`zbekiston Ichki ishlar vazirligi tizimidagi barcha boshqarma hamda idora rahbar va mutasaddi xodimlari ishtirok etdi.
IIV matbuot kotibi, polkovnik Shoxruh Giyasov joriy yilning 9 oyi mobaynida bajarilgan ishlar haqida ma`lumot berdi.
Shoxruh Giyasov, IIV matbuot kotibi, polkovnik:
— 2019 yilning o`tgan 9 oyi davomida respublikada jami 25 344 ta jinoyat ro`yxatga olingan bo`lib, avvalgi yilga nisbatan 8899 taga yoki 25,9 foizga kamayishiga erishilgan. Ushbu davrda respublikadagi mavjud 9116 ta maxallalarning 4518 tasida umuman jinoyat sodir etilishiga yul ko`yilmadi.
Sohaga tegishli barcha savollar "Darakchi" gazetasining sahifalarida o`qishingiz mumkin.






