Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tashabbusi bilan joriy yilning 17-19 oktyabr kunlari Toshkentda Birlashgan Arab Amirliklarining ta`lim sohasidagi bir guruh mutaxassislari ishtirokida seminar-treninglar tashkil etiladi, deya xabar berilmoqda.
Bugun, 17 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universitetida seminar-trening tantanali ravishda ochildi.
BAA ta`lim vazirligi mutasaddilari, Rabdana akademiyasi, Abu-Dabi va Zaida universitetlarining etakchi professorlari tomonidan yurtimizda oliy ta`lim muassasalari vakillari uchun uch yo`nalishda maxsus trening mashg`ulotlari o`tkazilmoqda.
Xususan, oliy ta`lim muassasalarida ta`lim sifatini oshirish, oliy ta`lim muassasalarini akkreditasiyalash, oliy ta`limda innovasion va tadbirkorlikka yo`naltirilgan o`quv dasturlarini joriy etish singari guruhlarda mazkur sohaga oid ilg`or tajribalar bilan tanishtirilib, zarur tavsiyalar berildi.






