AsosiyJamiyat

Uzbekistan Airways samolyoti ikki kun ichida ikkinchi favqulodda qo`nishni amalga oshirdi

'Uzbekistan Airways samolyoti ikki kun ichida ikkinchi favqulodda qo`nishni amalga oshirdi'ning rasmi

Toshkentdan Sankt-Peterburgga uchgan Uzbekistan Airways samolyoti (HY633 qatnovi) favqulodda qo`nishni amalga oshirdi. 

Milliy aviakompaniyaning xabar berishicha, yo`lovchilardan birining salomatligi yomonlashgani sababli, komandir havo kemasini eng yaqin bo`lgan Qozon shahridagi aeroportga qo`ndirgan.

Samolyot Sankt-Peterburgga mahalliy vaqt bo`yicha soat 13:40 da etib borish ko`zda tutilmoqda.

Qayd etish joizki, shunga o`xshash hodisa 15 oktyabrda kuni ham yuz bergan bo`lib, unda Farg`onadan Moskvaga parvoz qilayotgan «O`zbekiston havo yo`llari» samolyoti yo`lovchining ahvoli yomonligi sababli Samara shahriga qo`nishga majbur bo`lgan. Shuningdek, 16 oktyabr kuni ertalab Dehli - Moskva yo`nalishi bo`yicha SU -233 reysida parvoz qilayotgan, Rossiyaning “Aeroflot” aviakompaniyasi samolyoti Toshkentdagi Islom Karimov xalqaro aeroportiga qo`ngan. Sabablari bir xil.

 

    Boshqa yangiliklar